Mart oyining birinchi yarmida Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kamaydi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. U pul o‘tkazmalarining qisqarishi aholi daromadlari va ularning kredit to‘lash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkinligini tan oldi.
Rossiyada Visa va Mastercard to‘lov tizimlari hamda Western Union platformasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Rossiyadagi o‘zbekistonliklar vatanga pul yuborish uchun hozirda qaysi xizmatlardan foydalanishlari mumkin? «Gazeta.uz» ushbu masala yuzasidan bir nechta banklardan izoh oldi.
Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda Markaziy Osiyo mintaqasiga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 25% ga qisqarishi kutilmoqda. Mazkur tendensiya Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi siyosiy ziddiyatlar sabab Rossiyada iqtisodiy faollikning pasayishi va rubl kursining keskin qulashi bilan izohlangan. O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 2022 yilda 21% ga qisqarishi kutilmoqda.
O‘zbekistondagi bir qator banklar Rossiyadan pul o‘tkazmalari tizimi faoliyatida uzilishlarga duch keldi. Markaziy bank tijorat banklar ularning uzluksiz ishlashi uchun chora-tadbirlar ko‘rayotgani, muqobil xizmatlar mavjudligini ma’lum qildi.
Apelsin raqamli banki xabariga ko‘ra, rublda pul mablag‘larini yuborish va qabul qilish yuqori volatillik sababiga ko‘ra vaqtincha cheklangan. VISA, Mastercard va Western Union pul o‘tkazmalari odatdagi tartibda ishlamoqda.
2021-yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston Qozog‘istondan 639 mln dollar qabul qilib olgan, 102 mln dollar mablag‘ esa qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan. Shu tariqa Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekiston hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Milliy bank protsessing markazi negizida xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun «Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari» to‘lov tizimi ishlab chiqiladi. U pul o‘tkazmalarini «boshqa to‘lov tizimlari bilan bir qatorda jismoniy shaxslarning iltimosi va ixtiyoriy tanloviga ko‘ra» amalga oshiradi.
Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonga mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajmi 2021 yilda qariyb 7,6 mlrd dollarni yoki mamlakat YAIMning 11,6 foizini tashkil etishi kutilmoqda. Global makroiqtisodiy prognozlarga muvofiq, 2022 yilda pul o‘tkazmalari hajmi 2,6 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 34,2 foizga o‘sdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy davomida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 35 foizga ko‘proq.
2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 1,99 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 mln dollarga oshdi.
2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 1,42 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 336 mln dollarga oshdi.
Jahon banki tahlilchilari pul o‘tkazmalari hajmi 19,7 foizga qisqarishini prognoz qilgandi. Shunga qaramay, pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatmadi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 892 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p.
Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kamayib, 5,44 mlrd dollarni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida pul o‘tkazmalari bo‘yicha 4,36 mlrd dollarga teng bo‘lgan ijobiy saldo o‘rnatildi.
Iyun oyida O‘zbekistonga 621 mln dollar jo‘natildi, bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Olti oy ichidagi o‘tkazmalarining umumiy hajmi 2,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting